AsosiyJamiyat

Farg`onadagi karaokeda yong`in chiqishi oqibatida 6 kishi halok bo`ldi

'Farg`onadagi karaokeda yong`in chiqishi oqibatida 6 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 29 iyul kuni soat 11:39 da Farg`ona viloyati Farg`ona shahar “Mash`al” MFY Sayilgoh ko`chasidagi 4 qavatli binoning erto`lasida joylashgan karaoke kafesida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan, deya xabar bermoqda FVV axborot xizmati. 

Ma`lumotga ko`ra, 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji 11:44 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 11:48 qurshab olingan va soat 11:56 da to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo`lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga asosan sodir bo`lgan voqeani o`rganish va jabrlanganlarga yordam ko`rsatish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg`ona viloyatiga jo`nab ketgan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar