Tojikiston hududida yog`gan kuchli yomg`irlar mamlakat shimolidagi So`g`d viloyati tumanlarida sel oqimini keltirib chiqardi va mamlakat sharqida Lyaxsh viloyati hududidagi daryoda suv sathining ko`tarilishiga olib keldi, deya yozmoqda Zamon.uz.
Yo`llar, inshootlar va turar-joy binolarini suv bosib, qisman vayron bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, sel oqimi 63 ta xonadon, 7 ta turar-joy binolari, 56 ta yordamchi ob`ektlar va tomorqa erlariga zarar etkazgan.
Ayni paytda ushbu hududdagi avtomagistral yopiq, transport vositalari harakati taqiqlangan. Hozirda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.






