Joriy yilning 29 iyul kuni Farg`ona viloyati xuquq tartibot organlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, o`zini mustaqil bloger deb tanishtirgan fuqaro O.X. tovlamachilik ustida qo`lga olindi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, fuqaro O.X. joriy yilning 12 iyun kuni “Qo`qon Istiqlol” savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug`ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg`otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo`yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o`ziga tegishli ijtimoiy tarmoq kanallariga joylashtirgan.
Qo`shimcha ravishda, bloger “Qo`qon Istiqlol” savdo kompleksi MChJ rasmiylaridan tovlamachilik yo`li bilan moddiy mablag` undirishga urinib, o`zi tomonidan tayyorlangan “Qo`qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar`iy boshqaruvmi?” nomli salbiy mazmundagi maqolani internet tarmoqlarida tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan talab qilib, undan umumiy qiymatda 7,5 ming AQSh dollarini qo`lga kiritib, qo`shimcha 2.500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






