AsosiyJamiyat

O`zbekiston Musulmonlar idorasining Surxondaryodagi vakili masjid xodimini haqorat qildi(audio)

'O`zbekiston Musulmonlar idorasining Surxondaryodagi vakili masjid xodimini haqorat qildi(audio)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston musulmonlar idorasi Surxondaryo vakilligining xodimi M.Sayfuddinov va masjid xodimi F.Samatov o`rtasidagi o`zaro tortishuvi yozilgan audio tarqaldi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi ushbu masalani ko`rib chiqqan.  

Ma`lum bo`lishicha, mutaxassis M.Sayfuddinov va masjid xodimi F.Samatov o`rtasidagi kelishmovchilik uzoq vaqt davom etgan shaxsiy adovat natijasida sodir bo`lgan.  

Shuningdek, yig`ilishda mutaxassisning mazkur muomalasi tizimda mehnat qiladigan har qanday maqomdagi xodimga mutlaqo to`g`ri kelmasligiga urg`u qaratildi.  

Ishtirokchilar tomonidan mutaxassisning ushbu xatti-harakatlari ichki me`yoriy hujjatlarda belgilangan bandlarning qo`pol ravishda buzilishi, deb baholangan va Mo`minmirzo Sayfuddinov egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar