DXX o`zgalarning pullarini o`zlashtirishga uringan IIB, soliq, Milliy gvardiya xodimlarini qo`lga oldi.
- Buxoro viloyati Kogon tumani ichki ishlar bo`limi xodimi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlariga kelib tushgan arizani o`zining vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1300 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
- Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Davlatobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori mas`uliyati cheklangan jamiyatning moliyaviy faoliyati yuzasidan o`tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida MChJga 383 mln. so`mlik foyda solig`i qo`shimcha hisoblanganligi va ushbu pul mablag`i MChJ tomonidan to`lanishi kerakligini aytadi. Lekin, u soliq hisobotlariga o`zgartirishlar kiritish orqali ushbu summani bartaraf etib berish evaziga MChJ vakilidan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
- Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Milliy gvardiyaning Andijon viloyati qo`riqlash boshqarmasi Andijon tuman bo`limi safdor xodimi yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga harbiy xizmatchi sifatida ishga kiritib qo`yish evaziga 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.