O`zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 16,7 million dollariga teng bo`lgan 79,9 ming tonna qovun eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 6 oy davomidagi qovun eksporti 2022-yilning mos davriga bilan solishtirilganda 16,8 ming tonnaga oshgan.
Yanvar-iyun oylarida qovun eng ko`p eksport qilingan davlatlar orasida etakchilik Qozog`iston hisobiga to`g`ri kelgan — 35,7 ming tonna. Shuningdek:
- Qozog`iston – 35,7 ming tonna;
- Rossiya – 29,3 ming tonna;
- Qirg`iziston – 12,6 ming tonna;
- Belarus – 1,3 ming tonna;
- Tojikiston – 664 tonna;
- Mongoliya – 143 tonna.