AsosiyJamiyat

Jizzaxda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga qariyb 60 mln zarar etkazilgani aniqlandi

'Jizzaxda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga qariyb 60 mln zarar etkazilgani aniqlandi'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi, Tuzkon bo`limi hududida o`tkazilgan reyd davomida Arnasoy tumani, "Baxtli" MFY, "Navro`z" qo`rg`onida yashovchi fuqaro Sh. M. tomonidan sanoatbop o`lchamdan kichik bo`lgan jami 175 bosh oqsila (sudak) baliqlari noqonuniy ravishda ovlanganligi aniqlandi.

Qonun buzishi natijasida hayvonot dunyosiga 57 million 750 ming so`m zarar etkazilganligi ma`lum bo`ldi.

Ashyoviy dalil sifatida noqonuniy ravishda ovlangan baliq mahsulotlari hamda 1 dona “Progress” rusumli qayiq va 1 dona "YAMAHA-30" rusumli qayiq motorlari olib qo`yildi.

Ushbu holatda jinoyat alomatlari borligi sababli to`plangan hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar