AsosiyJamiyat

San`at va madaniyat instituti bo`lim boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi

'San`at va madaniyat instituti bo`lim boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti bo`lim boshlig`i-2023-2024 o`quv yili uchun qabul komissiyasi mas`ul kotibi A.O`. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 5 000 AQSh dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar