2023-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro`yxatga olish boshlandi.
Talabgorlarni ro`yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Adliya vazirligining yuridik texnikumlari” bo`limi orqali amalga oshirilmoqda.
Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 20 avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro`yxatdan o`tishlari mumkin.






