AsosiyShou-biznes

Nilufar Usmonova to`rtinchi farzandiga homilador ekanligini tasdiqladi(Foto)

Xonanda Nilufar Usmonova to`rtinchi bor onalik baxtiga musharraf bo`lish arafasida turibdi. Garchi bu haqdagi mish-mishlar ancha oldin paydo bo`lgan bo`lsa-da, xonandaning o`zi bu xabarni tasdiqlamayotgan edi.

Vanihoyat Nilufar to`rtinchi marotaba farzand kutayotganini ushbu suratlar bilan tasdiqladi.

“Bu bizning ilk selfimiz. Siz uchun maxsus, mening suyuklilarim”,—deya izohladi xonanda homiladorligi aks etgan suratni.

 Bu xushxabar xonandaning muxlislarini suyuntirdi. Ular sevimli xonandasiga farzandini eson-omon bag`riga bosishini tilamoqda.

Eslatib o`tamiz, Nilufarning Saida`zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o`g`illari bor.

 

Boshqa yangiliklar