Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 50-sonli maktabda yong`in sodir bo`layotganligi aks etgan video tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan FVV Axborot xizmati izoh berdi.
Soat 11:43 da Toshkent shahar M.Ulug`bek tumani Istiqlol ko`chasida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga etib borib, soat 11:52 da yong`in o`rab olingan va soat 12:00 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida 2-qavatning taxminan 10 kv.m maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






