AsosiyJinoyat

Samarqandda Toshkentga olib ketilayotgan iste`molga yaroqsiz 1,1 tonna go`sht ushlab qolindi

'Samarqandda Toshkentga olib ketilayotgan iste`molga yaroqsiz 1,1 tonna go`sht ushlab qolindi'ning rasmi

Samarqandda Isuzu yuk mashinasida Toshkentga olib ketilayotgan 1 tonnadan ortiq iste`molga yaroqsiz go`sht to`xtatib qolindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 1 avgust kuni Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Karantin tadbirlarini ta`minlash guruhi, YPX xodimlari hamda Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan Bulung`ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida Samarqand—Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan X.Sh. boshqaruvidagi Isuzu yuz mashinasi to`xtatilib tekshirilgan.

Tekshiruv davomida mashina yukxonasida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan, veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda biror-bir hujjatlarsiz olib ketilayotgan 1 100 kilo go`sht mahsuloti borligi aniqlangan.

Ushbu go`sht mahsulotlarini iste`molga yaroqliligini tekshirish maqsadida Bulung`ur tumani hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markaziga olib borilib, namunalar olib tekshirilganda iste`molga yaroqsizligi ma`lum bo`lgan.

Yaroqsiz go`sht mahsulotlari tegishli tartibda yo`q qilingan. Hozirda haydovchiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar