Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 17 yashar o`quvchi qiz bedarak yo`qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, Xovos tumani, “Binokor” mahallasidagi uylarning birida yashagan 2006 yilda tug`ilgan maktab o`quvchisi Manzura Hakimova 2023 yil 24 iyul kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan.
Ushbu fuqaroni topishda ko`maklashgan fuqarolar 5 million so`m pul mablag`i bilan mukofotlanadi hamda ma`lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma`lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
Alohida belgilari: bo`yi 160-165 sm, sochi uzun, ko`zlari qora yumaloq, labi, burni va quloqlari o`rtacha kattalikda, yuzi cho`zinchoq, bug`doyrang. Egnida oq rangli ayollar ko`ylagi bor, oyog`ida ko`k rangli tapochka bo`lgan.
Ushbu shaxs haqida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`ralgan: 102, 91-807-77-37, 97-331-74-18, 67-225-55-52.






