AsosiyJinoyat

Toshkentda to`lov kompaniyasi fuqarolar plastik kartasidan 12 mlrd so`m o`g`irlaganlikda gumonlanmoqda

'Toshkentda to`lov kompaniyasi fuqarolar plastik kartasidan 12 mlrd so`m o`g`irlaganlikda gumonlanmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda joylashgan to`lov kompaniyalardan biriga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kirgani va kompaniyaning bir nechta xodimlarini hibsga olgani haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida fuqarolarning plastik kartalaridan 12 milliard so`m miqdoridagi pullar o`g`irlangani yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

Jinoyatni to`liq fosh qilish va jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipini ta`minlash, fuqarolarga etkazilgan moddiy zararni qoplatish choralarini ko`rish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda.

Tergov jarayonida plastik kartalardagi pullar turli to`lov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketgani aniqlangan. Mazkur jinoyat ishi doirasida poytaxtdagi to`lov tizimi kompaniyalaridan birida tekshiruv o`tkazilgan.

"Tekshiruv jarayonida hech kim hibsga olinmagan, kompaniya mas`ul xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish olingan. Jinoyat ishi yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar