Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 17 yashar o`quvchi qiz bedarak yo`qolgani, viloyat IIB uni topishda ko`maklashganlar 5 million so`m bilan mukofotlanishi haqida e`lon bergan edi.
Ma`lum qilinishicha, yo`qolgan qiz tezkor xodimlar tomonidan topilgan.
"Hozirda Xakimova Manzura Bekpolat qizi topilib ota-onasiga sog`-salomat topshirildi.
Qidiruvda ko`mak bergan barcha fuqarolarimizga Sirdaryo viloyati IIB jamoasi nomidan o`zi minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deyiladi Matbuot xizmati xabarida.






