AsosiyJamiyat

Iroq hukumati mamlakatda Telegramni blokladi

'Iroq hukumati mamlakatda Telegramni blokladi'ning rasmi

Iroq rasmiylari Telegram messenjeri mamlakatda bloklanganini rasman e`lon qildi. Bu haqda aloqa vazirligining maxsus bayonotida aytiladi.

“Telegramni bloklash vakolatli organlarning mamlakat milliy xavfsizligiga oid ko`rsatmalari asosida, shuningdek, fuqarolarning yuqorida qayd etilgan messenjer tomonidan kuzatiladigan shaxsiy ma`lumotlarini saqlash maqsadida amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikning tushuntirishicha, tegishli organlar boshqaruv kompaniyasidan xavfsizlik va jamoat tinchligiga tahdid soladigan rasmiy davlat idoralari ma`lumotlari va iroqliklarning shaxsiy ma`lumotlari sizib chiqishi uchun mas`ul bo`lgan platformalarni yopish bo`yicha hamkorlik qilishni bir necha bor talab qilgan. Biroq Aloqa vazirligiga ko`ra, kompaniya buni qilmagan va rasmiylarning hech qanday so`roviga javob bermagan.

Iroq Aloqa vazirligi mamlakat fuqarolari ushbu qarorni to`g`ri tushunishiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar