Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida yong`in sodir bo`ldi. Holat yuzasidan FVV ma`lumot berdi.
Ma`lumotda aytilishicha, kecha, 6 avgust kuni soat 18:59 da Toshkent shahar M.Ulug`bek tumani “Beshkapa” MFY Buyuk Ipak Yo`li ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko`ra, yong`inga soat 19:06 da etib borilib, soat 19:25 da o`chirilgan.
Yong`inni bartaraf etishga 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong`in-qutqaruv otryadi bo`linmasi jalb etilgan.
Yong`in natijasida 15 kv.m maydonda uy-jihozlari yonib zararlangan. Yong`in o`chirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqarolar qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuasiya qilingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.






