Venesuela prezidenti Nikolas “Al-Mayadeen” telekanali efirida Evropa davlatlari rahbarlarini, shuningdek, bir qator ommaviy axborot vositalarining Shvesiya va Daniyada Qur`on yoqib yuborilishi bilan bog`liq voqealarga munosabat bildirmagani uchun tanqid qildi, deya yozmoqda "zamon.uz"
Venesuela rahbarining qayd etishicha, muqaddas bitiklarning yondirilishiga ko`z yumayotganlar “jimligi” tufayli bunga “bilvosita” aloqador.
Maduro ham mavjud muammoni yoritmaydigan ommaviy axborot vositalarini qoraladi. U musulmonlarga qarshi nafrat jinoyatlarini va Evropada Qur`on nusxalarini yo`q qilayotgan “o`ta o`ng va irqchi doiralar” faoliyatini keskin qoralashini tan oldi.
«Agar kimdir Injilni yoqishni boshlasa, biz nasroniylar nimalarni his qilgan bo`lardik? Biz katta g`azabni his qilamiz», — dedi Venesuela prezidenti.