AsosiyJamiyat

Yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi

'Yangi haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun va ertaga respublika bo`yicha harorat asosan +30...+35 daraja, shimolda, janubda va cho`l hududlarda +37...+39 darajagacha bo`lgan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi chang-to`zon bilan soatiga 13-18 m/s tezlikda esishi mumkin.

Hafta o`rtasida O`zbekiston bo`yicha havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko`tariladi va +35...+37 daraja atrofida, janubda va cho`l hududlarda +38...+39 daraja bo`ladi. Hafta oxiriga kelib, harorat foni yana +2...+3 darajaga pasayadi.

Poytaxtda bugun, 7 avgust kuni havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +30...+32 daraja bo`ladi.

8-11 avgust kunlari havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol tezligi o`rtacha esadi. Harorat 8 avgustda +32...+34 daraja, 9-11 avgustda +34...+37 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar