Navoiyda 3 tup tut daraxtini kesgan rahbarga 92 million 400 ming so`m jarima solindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, «Tong» majmuasi hududida «Innovatsion Group Navoiy» MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganida 3 dona tut daraxti tag qismidan kesib tashlangan.
Holat yuzasidan MChJ rahbari R.A.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 92 mln 400 ming so`m zarar etkazilganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda to`plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga etkazilgan zararni undirish choralari ko`rilmoqda.






