AsosiyJamiyat

5 ta “metan zapravka” jami 11 mlrd 54 mln so`mlik tabiiy gazni o`g`irladi

'5 ta “metan zapravka” jami 11 mlrd 54 mln so`mlik tabiiy gazni o`g`irladi'ning rasmi

Joriy yilning 27 iyuldan 5 avgust kunlari davomida “O`zenergoinspeksiya” hamda huquqni muhofaza qilish organlari va “Hududgazta`minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida joylashgan “metan zapravka”larda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo`yicha tezkor tadbirlar o`tkazildi. 

Jumladan:

  • Piskent tumanida joylashgan “Kamolot istiqlol ko`makchisi” MChJga qarashli 3 ta AGTKSh,
  • Chinoz tumani, “Chinmasjid” MFYda joylashgan “Koshona poydevori” MChJga qarashli AGTKSh,
  • Sergeli tumani, “Qorasuv” MFY, Xonobod ko`chasida joylashgan “Nur Ziyod fayz biznes” MChJga qarashli AGTKShda

 

Ushbu "zapravkalar"da o`rnatilgan gazni hisobga olish uskunalarida nazorat qilinadigan iste`mol qilingan tabiiy gaz hajmining haqiqiy ko`rsatkichlari hisobotlardan yashirib kelinganligi natijasida jami 11 mlrd 54 mln so`mlik tabiiy gazni o`g`irladi aniqlangan.

Ushbu hajmdagi tabiiy gaz o`rtacha 6 mingta xonadonning bir yillik iste`molini tashkil qiladi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlariga taqdim qilingan.

Hozirgi vaqtda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo`yicha tezkor tadbirlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar