Prezident Shavkat Mirziyoevning tegishli qaroriga ko`ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirining o`rinbosari Davronjon Qobiljonovich Odilov ”Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori lavozimi ham yuklatildi.
Ma`lumot uchun, Davronjon Odilov 2019 yil sentyabridan buyon qurilish vazirining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Sherzod Hidoyatovning o`rniga tayinlangan edi. U mazkur tayinlovga qadar Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ”Gold Step Invest” MChJ direktorining qurilish bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlagan.






