Jo Bayden ma`muriyati Ukrainaga 200 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e`lon qiladi, deb xabar qildi Reuters manbalari. U o`tgan paketlardagi qurollar narxini qayta baholashning bir qismi sifatida ajratilgan. Avvalroq Pentagon xarajat 6,2 milliard dollarga oshirilganini tan olgan edi.
Reuters xabariga ko`ra, yangi paketga AT-4, TOW va Javelin tankga qarshi raketa komplekslari, minalardan tozalash uskunalari, Patriot zenit-raketa tizimlari uchun o`q-dorilar, GMLRS boshqariladigan raketalar, boshqa o`q-dorilar va o`qotar qurollar kiradi. Mablag`lar Pentagon zahirasidan o`tkaziladi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Pentagonning noto`g`ri hisob-kitobi “Kiev foydasiga ishlayapti”, chunki kelib tushgan 6,2 milliard dollar Kongress tomonidan ma`qullangan 25,5 milliard dollarning oxirgisi bo`ldi. Oq uy Kongressga qo`shimcha mablag` ajratish uchun yangi byudjet so`rovi ustida ishlamoqda.
Iyul oyi oxirida Qo`shma Shtatlar Ukrainaga 400 million dollarlik harbiy yordam paketini e`lon qildi, unga NASAMS va HIMARS qurol tizimlari uchun o`q-dorilar kiradi. Shuningdek, iyul oyida Kievga 1,3 milliard dollarlik yordam paketi ajratilgan edi.