AsosiyJamiyat

Bir nechta SSB boshliqlariga xayfsan berildi, yana ikki rahbarga jarima belgilandi. Sababi...

'Bir nechta SSB boshliqlariga xayfsan berildi, yana ikki rahbarga jarima belgilandi. Sababi...'ning rasmi

Bugun, 8 avgust kuni Sog`liqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag`ishlangan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi. 

Sog`liqni saqlash vaziri A.Inoyatov ishtirokidagi tahliliy-tanqidiy ruhda o`tayotgan yig`ilishda tibbiyotning birlamchi bo`g`inidagi vazifalar ijrosi, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlil etildi.

Qayd etilishicha,  “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili” Davlat dasturi doirasida mazkur sohani aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida 110 ta oilaviy shifokorlik punkti, 30 ta oilaviy poliklinika va 520 ta mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish belgilangan.

Biroq o`tgan davrda Toshkent viloyatida rejadagi 10 ta, Qashqadaryoda 9 ta, Sirdaryoda 5 ta oilaviy shifokor punktidan birortasi tashkil etilmagan. Huddi shunday, oilaviy yangi poliklinikalar faoliyatini yo`lga qo`yish borasida Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida sustkashlikka yo`l qo`yilgan.

Yig`ilishda birlamchi tizimni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika va mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish bo`yicha davlat rahbari topshiriqlarini bajarishda yo`l qo`ygan sustkashligi uchun:

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i B.Teshaev va Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri M.Kurbanovga o`rtacha oylik ish haqidan 30 foiz jarima;

Namangan viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i A.Iminov, Sirdaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i X.Xakimov, Navoiy viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i N.Safoev va Xorazm viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i S.Sodiqovlarga hayfsan intizomiy jazo choralarini qo`llash belgilandi. 

 

    Boshqa yangiliklar