AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vaziri 9 nafar hududiy rahbarni lavozimidan ozod qildi, yana 6 nafar o`rinbosarga xayfsan berildi

'Sog`liqni saqlash vaziri 9 nafar hududiy rahbarni lavozimidan ozod qildi, yana 6 nafar o`rinbosarga xayfsan berildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Sog`liqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag`ishlangan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Vazir A.Inoyatov olib borilgan o`rganishlar davomida hududiy sog`liqni saqlash boshqarmalari tomonidan profilaktik ko`riklar va skrining dasturlarini amalga oshirish mexanizmi joylarda tibbiyot xodimlariga to`liq tushuntirib berilmaganligi va jarayon tizimli nazoratga olinmaganligi sababli tarmoq rejalari noto`g`ri tuzilganligi, ularning ijrosi talab darajasida bajarilmaganligini tanqid qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Shundan kelib chiqib, davolash-profilaktika ishlarini talab darajasida tashkil etmagani, tibbiyot brigadalari faoliyatini tashkillashtirishda nazoratni susaytirgani, aholi reproduktiv salomatligi ko`rsatkichlarining yomonlashgani uchun yig`ilishda:

Farg`ona viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari A.Yusupov hamda Farg`ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig`i A.Arabov, Uchko`prik tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i B.Oripov va O`zbekiston tibbiyot birlashmasi boshlig`i X.Qurbonov, Xiva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`ining onalik va bolalik masalalari bo`yicha o`rinbosari M.Jumaniezova, Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o`rinbosari A.Ibodullaev, Xorazm viloyati Tez tibbiy yordam markazi direktori U. Matyakubov, RShTIYoM Xorazm filiali direktori o`rinbosarlari B.Yusupova va B.Masharipovlar egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Yig`ilishda "Qishloq shifokori" dasturi ijrosi ham atroflicha ko`rib chiqildi. Bu dasturni bajarishda yo`l qo`ygan sustkashligi uchun:  

Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Toshkent viloyatlari sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlarining birinchi o`rinbosarlariga (Q.Kamalov, Yu.Mirxonov, A.Yorqulov, I.Xolmurzaev, U.Abdullaev, J.Asatullaev) hayfsan intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.

    Boshqa yangiliklar