Chiqindi tashuvchi mashinalarning har kuni ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholining e`tirozlariga sabab bo`layotgan edi.
Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, engil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo`lga qo`yildi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o`tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda.
Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o`tsa, keyinchalik butun respublika bo`yicha joriy qilinadi, deyiladi xabarda.






