AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda o`qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori ishdan bo`shatildi

'Kattaqo`rg`onda o`qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kattaqo`rg`on tumanidagi 12-umumta`lim maktabi rahbari o`qituvchilarni ta`til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilmoqda" mazmunida xabarlar tarqaldi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat Kattaqo`rg`on tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mas`ullari tomonidan o`rganildi.

O`rganish jarayonida ba`zi o`qituvchilar o`z tashabbuslariga ko`ra, maktab ta`mirida ishtirok etganini, ayrimlari esa maktab direktori tomonidan jalb qilinganini bayon qilishgan.

Shuningdek, maktab faoliyatida boshqa kamchiliklar ham aniqlangan.

Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar