AsosiyJamiyat

Chilonzorda 18 yoshli qiz 17 yoshli qizni do`pposladi (video)

'Chilonzorda 18 yoshli qiz 17 yoshli qizni do`pposladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz boshqa qizni urganligi holati aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni Chilonzor tumanida sodir bo`lgan. Unda 18 yoshli K.E. internet tarmog`i orqali 17 yoshli Ch.A. bilan o`zaro gap talashib qolgan. So`ngra Ch.A.ni Chilonzor tumaniga o`zaro munosabatni hal qilish uchun chaqirgan.

Suhbat davomida K.E. jamoat joyida bo`la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan voyaga etmagan Ch.A.ni urib, tan jarohati etkazganligi aniqlangan. Biroq bu holat haqida Ch.A. va uning yaqinlari IIOga murojaat qilmagan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan K.E.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi ("mayda bezorilik") bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

    Boshqa yangiliklar