AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eng ko`p aholi Samarqandda, eng kam aholi Sirdaryoda yashashi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda eng ko`p aholi Samarqandda, eng kam aholi Sirdaryoda yashashi ma`lum qilindi'ning rasmi

Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning 1 iyul holatiga O`zbekistonda eng ko`p aholi yashaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi.

Keyingi o`rinlarda Farg`ona (4 mln 15 ming kishi), Qashqadaryo (3 mln 515 ming kishi), Andijon (3 mln 354 ming kishi) va Namangan (3 mln 28 ming kishi) viloyatlari turadi.

Eng kam o`zbekistonliklar yashaydigan hudud Sirdaryo viloyati bo`lib, u erda 905 ming kishi istiqomat qilmoqda. Keyingi o`rinlarni Navoiy (1 mln 65 ming kishi), Jizzax (1 mln 491 ming kishi), Xorazm (1 mln 971 ming kishi) viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston (1 mln 987 ming kishi) egallagan.

    Boshqa yangiliklar