Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Muzaffar Turg`unov o`ziga Toshloq tumani IIB xodimlari tomonidan tan jarohati etkazilganligi to`g`risida videoxabar tarqatdi.
Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, ushbu fuqaro er maydoni payxon qilinganligi bo`yicha murojaati yuzasidan idoraga chaqirtirilganda, profilaktika inspektorlaridan asossiz norozi bo`lib, baqir-chaqir qilib, haqoratli so`zlar bilan so`ka boshlagan.
Xodimlar uni tinchlantirish maqsadida xizmat xonasiga olib kirishgan va suhbat o`tkazishgach, uyiga javob berishgan. Shunday bo`lsada, u ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg`on xabarlarni tarqatgan. Hozirda IIB xodimlari o`zlariga qilingan to`hmat bo`yicha tegishli organlarga murojaat qilishgan. Xodimlarga nisbatan esa xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.






