1

Ko`z tagidagi «doira»lar. Ularni qanday yo`qotish mumkin?

Salomatlik 19.10.2016, 14:59
Teglar: Salomatlik, Ayol, Go`zallik
Ko`z tagidagi «doira»lar. Ularni qanday yo`qotish mumkin?

Ba`zi ayollarning ko`zlari tagida ko`kimtir «doira» paydo bo`lganini ko`rish mumkin. Yosh o`tgani sari bu «doira»lar ancha ko`zga tashlanadigan bo`lib qoladi. Buning bir qancha sababi bo`lishi mumkin. Asosiy sabab esa irsiyat bilan bog`liq bo`lib, quyosh nuri, asabiylashish kabi holatlarda chuqurlashib ketadi. Mutaxassislar fikriga ko`ra, ko`kish dog`larni yo`qotish mumkin. Buning uchun qunt va vaqt kerak. Ularni qanday ketkazish borasida turli qarashlar bor. Quyida bu usullar qanchalik foyda berishi haqida so`z yuritamiz.

Uyqu

Go`zal bo`lish uchun etarlicha uxlash lozim, deyishadi. Shunda ko`z ostidagi «qopcha»lar yo`qolib, qovoqlarda shish hosil bo`lmaydi. Ko`z ostidagi ko`kimtirlik charchoq yoki uyqusizlik oqibatida yuzaga kelgan bo`lsa, ulardan uyqu yordamida qutulish mumkin.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, uyquga yotganda bosh tagiga ikkita yostiq qo`yish zarur. Bu pastki qovoqlarda suyuqlik oqimini kamaytiradi. Lekin baland yostiqda uxlash oqibatida baqbaqa orttirib olish hech gap emas.

Foydasi: uyqu salomatlik uchun muhim. U charchoq oqibatida yuzaga kelgan ko`kimtirlikni ham yo`qotadi.

Kamchiligi: tabiatan ko`zlaringiz tagida ko`kimtirlik bo`lsa, to`yib uxlash bu muammoni bartaraf eta olmaydi.

Quyoshdan asrang!

Quyosh nurlarida keragidan ortiq yurish oqibatida ham ko`z tagida ko`kimtir dog`lar paydo bo`ladi. Chunki oftob kollagen moddasi ishlab chiqarilishini kamaytiradi, teri quriydi, ko`z tagi terisi tortiladi. Oqibatda teri ostidagi tomirchalar yiriklashib, yoriladi hamda ko`kimtirlik hosil qiladi. Bunday dog`lar paydo bo`lishining oldini olish uchun quyoshdan asrovchi ko`zoynak taqing hamda oftobga qarshi kremlardan foydalaning. Krem tanlaganda esa tarkibida retinol borligiga ahamiyat bering.

Foydasi: doimiy va uzoq muddatli ta`sirga ega.

Kamchiligi: ko`z tagida ko`kimtirlik paydo bo`lishining oldini oladi, ammo dog`larni ketkazmaydi.

Teri uchun maxsus parhez

Taomnomangizda foydali mahsulotlar bo`lishiga ahamiyat bering. Bunday parhez nafaqat ko`z osti terisi, balki butun tana terisini mayinlashtiradi. Ko`k choy tarkibidagi antioksidantlar terini zaharli moddalardan tozalaydi, shamollashni samarali davolaydi. Baliq yog`i tarkibida esa karotinoidlar bor. Ular tomirlarni mustahkamlaydi va teri elastikligini orttirib, rangini tozalaydi. Tuxum biotinga boy. Bu vitamin teri salomatligini saqlaydi.

Foydasi: sog`lik uchun foydali. Teri rangini yaxshilab, mayin va yumshoq qiladi.

Kamchiligi: tabiatan ko`zlaringiz tagida ko`kimtirlik bo`lsa, parhez tutish bu ko`kimtirlikni kamaytirishi mumkin, ammo to`la yo`q qilmaydi.

Maxsus krem

Qaroqlaringiz charchagan bo`lsa, ko`z tagidagi ko`kimtirlikni yashiradigan maxsus krem surting. Bunday kremlar ko`z terisini quyosh nurlaridan ham asraydi.

Foydasi: qulay va dog`larni tamoman yashiradi.

Kamchiligi: muammoni to`la hal qilmaydi, ya`ni ko`z tagidagi ko`kimtirlikni yo`qotmaydi.

Allergiyaga qarshi dori vositalari

Ko`z tagidagi qora «doira»lar allergik kasalliklarga moyillik alomati bo`lishi ham mumkin. Allergiyaga qarshi dori vositalari, ya`ni antigistaminlar qovoqdagi shishlarni kamaytirib, ko`z ostidagi allergiya sabab hosil bo`lgan ko`kimtirlikni yo`qotadi.

Foydasi: allergiyani hamda ko`z tagidagi «doira»larni davolaydi.

Kamchiligi: dorilarni muntazam ravishda qabul qilib bo`lmaydi.

Blefaroplastika

Blefaroplastika — plastik jarrohlik muolajasi bo`lib, uning natijasida qovoqlardagi ortiqcha teri va yog` olib tashlanadi, ko`z mushaklari tortiladi. Bu ham ko`z tagidagi ko`kimtirlikni yo`qotish yo`llaridan biri.

Foydasi: yoshartiradi, qarilik alomatlarini orqaga suradi.

Kamchiligi: jarrohlik amaliyoti shifoxonada amalga oshiriladi, narxi yuqori. Poytaxt klinikalarida blefaroplastika amaliyoti 550.000 so`mga amalga oshiriladi.

Mumkin emas: qandli diabet, ichki a`zolar va yurak-qon tomir kasalliklari holatida mazkur muolajani qo`llash mumkin emas. 

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1