AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Qizil kitob"ga kiritilgan Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlandi

'Qashqadaryoda "Qizil kitob"ga kiritilgan Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan Shahrisabz tumanida navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o`tkazildi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati. 

Unga ko`ra, tadbir davomida "Hisor" davlat qo`riqxonasi va Shahrisabz ixtisoslashgan davlat o`rmon xo`jaligi hududidan oqib o`tuvchi Tanxozdaryo daryosi irmog`ida fuqarolar tomonidan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlangan. 

Ma`lumot uchun, Amudaryo gulbalig`i yo`qolib borayotgan kenja tur hisoblanib, O`zbekiston Qizil kitobi va SITES konvensiyasi (Qizil kitobga va Yo`q bo`lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to`g`risidagi Konvensiya) ilovasiga kiritilgan.

Noqonuniy ov natijasida tabiatga 133 mln 650 ming so`m zarar etkazilgani ma`lum bo`ldi. 

Holat bo`yicha surishtiruv ishlarini olib borish va qonunbuzarlarga nisbatan chora ko`rish maqsadida to`plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun rasmiylashtirilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar