AsosiyJamiyat

Andijon davlat tibbiyot instituti mansabdorlari ishdan olindi, rektor ham ketishi mumkin

'Andijon davlat tibbiyot instituti mansabdorlari ishdan olindi, rektor ham ketishi mumkin'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, 8 avgust kuni Sog`liqni saqlash vaziri Amirullo Inoyatovboshchiligida o`tgan tanqidiy yig`ilishda tibbiyot sohasidagi kamchiliklar sabab qator rahbarlar ishdan olindi, yana bir nechtasiga hayfsan va jarimalar berildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yig`ilishda tibbiyot institutidagi korrupsion holatlar tanqid ostiga olinib, oliy o`quv yurti mas`ullariga bu borada jiddiy e`tirozlar bildirilgan. Shu bilan birga, oliygohning 5 nafar mas`ul xodimi ishdan bo`shatilgan. 

Jumladan, institut bosh hisobchisi A.Raxmonov, Kadrlar bo`limi boshlig`i D.Nazarova, Reja-moliya bo`limi boshlig`i A.Axmedova, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i X.Aliev va O`quv-uslubiy boshqarma boshlig`i Q.Yusupovlar faoliyatida jiddiy kamchilik va qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`yganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Shuningdek, institut rektori M.Madazimovni “korrupsion holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo`luvchi holat va shart-sharoitlarni bartaraf etishda qat`iyatsizlik ko`rsatgani va korrupsiyaga oid jinoyat sodir etilishiga yo`l qo`ygani sababli” lavozimidan ozod etish to`g`risida taklif tayyorlash belgilangan. 

    Boshqa yangiliklar