Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.Ya. va Sh.Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 51 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
09.08.2023 15:33
Toshkentda fuqarolarni AQShga ishga jo`natishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi
