AsosiyJamiyat

2023 yilda O`zbekistondan xorijga necha ming nafar aholi ko`chib ketgani ma`lum bo`ldi

'2023 yilda O`zbekistondan xorijga necha ming nafar aholi ko`chib ketgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning dastkabki olti oyida O`zbekistondan 113,7 mingta aholi ko`chib ketgan. Shundan erkaklar soni 48 mingtani, ayollar soni esa 65,7 mingtani tashkil etadi.

Ko`chib ketganlardan 78,6 ming kishi shahar joylariga, 35,1 ming kishi qishloq joylariga to`g`ri keladi. O`zbekistondan ko`chib ketganlarning davlatlar bo`yicha asosiy qismi Qozog`istonga to`g`ri keladi — 7 080 ta.

Undan keyingi o`rinlarda Rossiya — 1 584 ta (7,6%), Qirg`iziston — 43 ta, Turkmaniston — 27ta hamda Tojikiston — 20tani (0,2%) tashkil etgan. Bundan tashqari, boshqa mamlakatlarga 250 ta (2,8%) o`zbekistonlik ko`chib ketgan.

Yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash maqsadida ko`chib ketganlarning 9,3%ini mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo`lganlar tashkil etadi.

Shuningdek, 82,3%i mehnatga layoqatli yoshdagilar hamda 8,4%i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to`g`ri keladi.

Hududlar bo`yicha ko`chib ketganlarning eng yuqori o`sish darajasi Qoraqalpog`istonda kuzatilgan. O`tgan davrda hududdan xorijga jami 8 163 ta fuqaro doimiy yashash uchun ko`chib ketgan. Natijada, o`sish 2022 yilga nisbatan 0,8%ga oshgan.

Undan keyingi o`rinlarda Navoiy, Toshkent shahri, Buxoro hamda Xorazm turibdi.

Ko`chib ketganlarning o`sish sur`ati nisbatan past darajasi Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan.

Shuningdek, bu davrda poytaxtdan jami 35 130 ta aholi xorijga ko`chib ketgan.

Ko`chib ketganlar soni — ko`chib ketganlarning absolyut miqdori, ya`ni muayyan hududdan uning tashqarisiga ko`chib ketganlardan iborat.

Ko`rsatkich Ichki ishlar organlari tomonidan aholini yashash joyi bo`yicha ro`yxatdan chiqarishda tuziladigan ko`chib ketishni statistik hisobga olish varaqalarini qayta ishlash natijasida aniqlanadi.

    Boshqa yangiliklar