AsosiyJamiyat

Olmaliqda erkak pichoqlab o`ldirilgani yuzasidan IIBB yangi tafsilotlarni ochiqladi

'Olmaliqda erkak pichoqlab o`ldirilgani yuzasidan IIBB yangi tafsilotlarni ochiqladi'ning rasmi

Biroz avval, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 8 avgust kuni erkak pichoqlanib, halok bo`lgani haqida xabar berilgan edik.

Viloyat IIBB holat yuzasidan tafsilotlarni ochiqladi.

Unga ko`ra, 8 avgust kuni soat 18:50 Toshkent viloyati IIBB 102 xizmatiga Olmaliq shahari Ehtirom ko`chasida janjal bo`layotgani haqida xabar kelib tushgan. Shu zahoti shahar IIB tezkor tergov guruhi hodisa joyga etib borgan. 

Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi 48 yoshli fuqaro Oybek (ismlar o`zgartirilgan), Olmaliq shahriga ishlash maqsadida kelgan. U shahar hududida bundan 13 yil avval ajrashgan, hozirda Olmaliq shahrida yashovchi sobiq turmush o`rtog`i Ziyodani ikkinchi turmushi 57 yoshli Abror bilan birga ko`rib qolib, rashk ortidan janjallashgan va pichoq olib, Abrorning qorin qismiga urib, tan jarohati etkazgan.

Oqibatda fuqaro 1966 yilda tug`ilgan Abror olgan jarohatlari bilan Olmaliq shahar markaziy shifoxonasida vafot etgan. Oybek IIB xodimlari tomonidan prosessual tartibda ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar