Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan.
Unda fuqarolar D.V. va N.H. 10 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga Qorasuv massivida qurilayotgan ko`p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga jami 47 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.I. fuqaro J.G`.ga tanishlari yordamida Boyovut tumani, «Yangi avlod» MFYda qurilayotgan ko`p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 54 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






