AsosiyDunyo

"Biz mustaqil davlatmiz!". Japarov Amerika aybloviga javob qaytardi

'"Biz mustaqil davlatmiz!". Japarov Amerika aybloviga javob qaytardi'ning rasmi

AQSh senatori Robert Menendez Qirg`iziston prezidenti Japarovga Rossiyaga qarshi sanksiyalarga yaxshiroq rioya qilishni so`rab maktub yo`lladi.

U, shuningdek, Japarovni “Markaziy Osiyoda demokratiyaning yorqin nuri” bo`lgan Qirg`iziston Respublikasi “avtokratiya sari xavfli yo`lga” tushganlikda aybladi.

Qirg`iziston prezidenti respublika rasmiylarini Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o`tishda yordam berishda ayblagan amerikalik senatorga javob qaytardi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" yozmoqda. 

U Qirg`iziston Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam bermoqda, degan fikrga asos yo`qligini aytdi:

"Rossiya va Xitoy kichik Qirg`izistonga qaram emas. Bu davlatlar qo`shni. Ular o`rtasida 4000 kilometr umumiy chegara bor. Rossiya istasa dengiz orqali vagon yoki barjalarda xohlagan yukini olib o`tishi mumkin.

Ha, Qozog`istonda Qirg`iziston kompaniyasiga tegishli dron ko`rinishidagi yuk qo`lga olindi. Kompaniyaning tushuntirishicha, bu dronlar qishloq xo`jaligi ehtiyojlari uchun mo`ljallangan. Ammo, shunga qaramay, endi biz dronlarni eksport qilishni taqiqlaymiz. Biz mustaqil davlatmiz. Biz barcha davlatlar bilan teng sharoitda bo`lishda davom etamiz. Biz ko`p vektorli siyosat olib boramiz”.

 

    Boshqa yangiliklar