AsosiyJamiyat

Toshkentdagi liftda 2 kishi qamalib qoldi

'Toshkentdagi liftda 2 kishi qamalib qoldi'ning rasmi

Toshkentning Yunusobod tumanidagi liftlardan birida 2 nafar fuqaro qamalib qoldi. Holat yuzasidan Yunusobod tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 7 avgust kuni soat 17:14da Yunusobod tumanidagi 5-markaz, 74-uyning lifti 2 nafar fuqaro borligida ochilmay qolgan. Ular dastlab, ushbu liftni ishlab chiqargan kompaniyaga telefon qilishgan. Shu ondayoq kompaniya mas`ullari liftga xizmat ko`rsatmasligini bildirgan. So`ngra Toshkent shahar FVB bo`limi markaziy dispetcherlik markaziga aloqaga chiqishgan. Oradan besh daqiqa o`tmasdan, fuqarolar liftdan chiqarilgan.

Mazkur lift "Texnopark" MChJ tomonidan "Osten" brendi ostida ishlab chiqilgan bo`lib, olti oygacha sinov muddati belgilangan. Lift uyga 15 kun avval o`rnatilgan va hozirgi kunda sinov muddatini o`tayotganligi sababli xizmat ko`rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasiga topshirilmagan. Lift boshqaruv servis kompaniyasiga topshirilganidan so`ng, xizmat ko`rsatish bo`yicha BSK bilan shartnoma imzolanadi,- deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, o`rnatilgan har bir liftning kirish peshtoqiga xizmat ko`rsatuvchi va qutqaruv xizmati telefon raqamlari yozib qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar