Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoroga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Safar davomida iqtisodiyot rivoji va mahallalar hayoti bilan tanishish, sanoat korxonalarini ko`rish va yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Tashrifning ikkinchi kuni mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash hamda inflyasiyani jilovlash masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkaziladi.






