Myunxendan Moskvaga parvoz qilayotgan Airbus A-320 samolyotini chaqmoq urdi, deya xabar beradi "Interfaks". Oqibatda u samolyotning tumshug`i yonib ketdi.
Hodisa haqida kema kapitani xabar berdi. Ekipaj Airbus’ni Sheremetevo aeroportiga borib qo`ndirishga muvaffaq bo`ldi. Hech kim jabrlanmadi.
Texnik ekspertlar samolyotni ko`zdan kechirib, yashin samolyotning fyuzelajini kuydirib yuborganini ma`lum qildi.
Samolyot parvozlardan chetlashtirildi.
Samolyot tegishli bo`lgan aviakompaniya nomi ma`lumot qilinmayapti.





