AsosiyJamiyat

Andijonda bojxona xodimi fuqaroni urganligi aytilmoqda (video)

'Andijonda bojxona xodimi fuqaroni urganligi aytilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bojxona xodimi fuqaroni urganligi aytilgan video tarqalidi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur holat joriy yilning 14 iyun kuni sodir bo`lgan. Unda fuqaro M.A. "Do`stlik" chegara bojxona postida xizmat olib borayotgan xodimlarning qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, ularning xizmat faoliyatiga qarshilik ko`rsatgan.

"Bojxona xodimlari tomonidan fuqaroga uning xatti-harakatlari amaldagi qonunchilik talablariga zid ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Qolaversa, belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar