"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-38° bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda kechga tromon Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.






