AsosiyJamiyat

⚡️Endilikda bo`sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi

'⚡️Endilikda bo`sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi'ning rasmi

Ayni damda Buxoroda Prezident boshchiligida videoselektor boshlandi.  

Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko`paytirish orqali narx-navo barqarorligini ta`minlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta`minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari har bir masalaga alohida to`xtalib, muammolarning echimini ko`rsatib o`tdi. 

Paxta va g`alla maydonlarini qisqartirib, bu yili kuzda va kelgusi yil bahorida yana 70 ming gektar ekin erlarini aholiga tarqatish reja qilingan.

Lekin hokimlar bugungi kungacha ajratilgan 200 ming gektardan samarali foydalanishni to`g`ri tashkil qila olmayotgani ko`rsatib o`tildi.

Jumladan, suv ta`minoti va unumdorligi yaxshi bo`lmagani uchun jami erlarning 13 ming gektari yoki 8 foizi qarovsiz turibdi.

Buxoro, Qashqadaryo va Namanganda atigi 15 foiz erlar ehtiyojmand oilalarga berilgan.

Shu munosabat bilan dastlabki bosqichda 10 yil muddatga ajratilgan 73 ming gektar maydonning ijara muddatlari 30 yilga uzaytirib berilishi belgilandi.

Bo`sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.

“Ijtimoiy himoya reestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholiga erlarni berishda ular er uchun barcha to`lovlardan ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar