Iyul oyida yillik inflyasiya darajasi 8,9 foizni, oziq-ovqat mahsulotlarida esa 10,7 foizni tashkil qildi. Bu borada kartoshka, piyoz, un va yog` mahsulotlari o`tgan yilga nisbatan arzonlashgani muhim omil bo`ldi.
Lekin takroriy ekin ekish ishlari to`g`ri tashkil etilmagani bois ayrim hududlarda sabzi narxi 52 foizgacha oshgan; pomidor 2 barobar qimmatlagan; bodring narxi 1,7 barobargacha o`sgan.
Bundan tashqari, respublika bo`yicha bor-yo`g`i 44 ming gektarga kartoshka takroriy ekin sifatida ekilgan.
Yig`ilishda bundan buyon tuman hokimlari hududida inflyasiyani jilovlashga shaxsan javob berishi ta`kidlandi.
- Shu o`rinda hokimlarni qat`iy ogohlantiraman. Narxlarni jilovlash tadbirkorlarga mahsulotini majburlab arzon narxlarda sottirish hisobidan bo`lmasligi kerak.
Bu ishlar faqat va faqat takroriy ekinlarni ko`paytirish va mahsulot hajmini oshirish orqali ta`minlanishi shart, - dedi davlat rahbari.
11.08.2023 14:22
⚡️Prezident tuman hokimlarini qat`iy ogohlantirdi va hududlardagi narx-navoni jilovlash vazifasini yukladi






