AsosiyJamiyat

Prezident Qishloq xo`jaligi vazirligiga jiddiy topshiriq berdi

'Prezident Qishloq xo`jaligi vazirligiga jiddiy topshiriq berdi'ning rasmi

Yig`ilish davomida Prezident dala chetlaridan samarali foydalanish muhimligini ko`rsatib o`tdi.

Joriy yildan boshlab 70 mingdan ziyod fermerlarning 60 ming gektar bo`sh dala chetlarida uzum, qovoq, qovun, tarvuz va sabzavot ekib, qo`shimcha 220 ming tonna mahsulot etishtirish, 600 ming bosh parranda va 300 ming dona asalari oilasini boqish bo`yicha katta dastur qabul qilingan.

Lekin ayrim viloyat, tuman hokimlari bunga e`tiborsiz qarayotgani qayd etildi.

Jumladan, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar Navoiyda faqat 31 foiz, Farg`onada 34 foiz, Toshkent viloyatida 70 foiz maydonlarga ekilgan, xolos.

Qoraqalpog`istonda 16 ming gektar dala chetlari mavjud bo`lsada, 5 ming gektar bilan cheklangan, Namanganda 17 ming gektar o`rniga 3,5 ming, Qashqadaryoda 26 ming gektar o`rniga 12 ming, Buxoroda 22,5 ming gektar o`rniga atigi 5,5 ming gektar dala chetlari o`zlashtirilgan.

Shu munosabat bilan qishloq xo`jaligi kompleksi rahbarlari viloyat va tuman hokimlari bilan birga bo`sh dala chetlaridan samarali foydalanish bo`yicha mas`uliyatini kuchaytirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Qishloq xo`jaligi vazirligiga har bir hududga mos urug` va ko`chat navlarini tanlab, fermerlarga etkazish tizimini yaratish; dehqonlarni dala chetlaridan samarali foydalanish, mineral o`g`it va kimyoviy preparatlarni ishlatish ko`nikmalariga o`qitish; har bir tumanga 4 nafargacha, jami 672 nafar mavsumiy agronomlarni biriktirib, oylik ish haqi bilan ta`minlash topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar