AsosiyJamiyat

Energetika tizimi rahbarlari bugundan boshlab favqulodda rejimga o`tadi - Prezident

'Energetika tizimi rahbarlari bugundan boshlab favqulodda rejimga o`tadi - Prezident'ning rasmi

Prezident ishtirokida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini ta`minlash yuzasidan qator topshiriqlar berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni iste`molchilarga uzluksiz etkazib berish; er osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga etkazish topshirildi.

1 oktyabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni ta`mirlash ishlarini to`liq yakunlash vazifasi qo`yildi

Aholining talabini to`liq qoplash uchun hududlarga qo`shimcha 35 ming dona gaz ballonlarini etkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta`minlash topshirildi.

Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi ta`kidlandi.

Mas`ul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini ta`minlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga o`tadi.

Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini ko`radi.

Ijtimoiy soha ob`ektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik ob`ektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini o`rnatish muhimligi ko`rsatib o`tildi.

Yig`ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining hisoboti tinglandi.


 

    Boshqa yangiliklar