Maktablarda 2023/2024-o`quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 sentyabr — shanba qo`shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3 sentyabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
Shu munosabat bilan respublikadagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o`quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4 sentyabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.






