AsosiyDunyo

Ukrainada 11 yoshli qiz qo`lida planshet portlab ketishi oqibatida vafot etdi

'Ukrainada 11 yoshli qiz qo`lida planshet portlab ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Xarkov viloyatining Pavlovka qishlog`ida 11 yoshli qiz qo`lida ushlab turgan planshet portlashi oqibatida halok bo`ldi.

Bu haqda Xarkov viloyati polisiyasining Telegram-kanaliga asoslanib, "RBK-Ukraina" xabar bermoqda.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, polisiyaga Bogoduxovskiy tumanida sodir bo`lgan voqea haqida xabar kelib tushgan. U erda 11 yoshli qizaloq vafot etgan. Qiz zaryadlangan planshetda o`ynagan.

“Bogoduxovskiy tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi manzilga borgan”, — deyiladi xabarda.

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar