Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani inspektori A. Mirzaahmedovga xizmat vaqtida tan jarohati etkazildi. Voqea 10 avgust kuni yuz bergan.
Ma`lum bo`lishicha, inspektor somondan bo`shagan er maydonlari yoqib yuborilganligi holatini o`rganish maqsadida Ohangaron tumanidagi “Oybuloq” va “Ubay” MFY hududida joylashgan “Taraqqiyot Baxtiyor” fermer xo`jaligiga borgan. O`rganish davomida esa bir guruh shaxslar unga qarshilik ko`rsatib, kuch ishlatgan va tan jarohati etkazgan.
Ish yuzasidan to`plangan hujjatlar aybdorlarni aniqlash va chora ko`rish maqsadida prokuratura organlariga yuborilgan.






